Alisher Navoiy (1441-1501) - buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To‘liq ismi – Nizomiddin Mir Alisher. “Navoiy” taxallusi ostida chig‘atoy (eski o‘zbek tili) hamda fors tilida “Foniy” taxallusi bilan ijod qilgan. Navoiy yoshligidan Xurosonning bo‘lajak hukmdori Husayn
Boyqaro bilan (humronlik davri:1469-1506 - yillar) do‘st bo‘lgan. 7-8 yoshidan
she’rlar yozishni boshlagan. Navoiyning zamondoshi bo‘lmish tarixchi
Xondamir qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur o‘zbek shoiri
Lutfiy (1369-1465) keksaygan chog‘larida yosh Alisher bilan
ko‘rishadi va uning she’riy iqtidorini yuqori baholaydi.
Более...